Xorvatiya televideniyesi


Xorvatiyada ilk televideniye 1956-yildan faoliyat yurita boshlagan. 2012-yil holatiga koʻra, Xorvatiya Respublikasida yoki Xorvatiya bozori va translayatsiyasi uchun ishlab chiqilib, IPTV (Internet), kabel yoki sunʼiy yoʻldosh orqali uzatiladigan 10 ta umummilliy, 21 ta hududiy DVB-T (yer usti raqamli video eshittirish vositalari) telekanallar, shuningdek 30 dan ortiq boshqa kanallar mavjud boʻlgan. Xorvatiyadagi elektron aloqa bozorini Xorvatiyaning tarmoq sanoatlarini tartibga solish organi (HAKOM) tartibga solib, tashkilot efirga uzatish litsenziyalari taqdim etadi va bozorni nazorat qiladi. DVB-T va sunʼiy yoʻldosh uzatish infratuzilmasi Odašiljači i veze (OiV) nomli davlat kompaniyasi ishlab chiqqan boʻlib, tuzilmani aynan shu kompaniya qoʻllab-quvvatlaydi.

Xorvatiyada birinchi televizion signal Philips oʻzining televizor tizimini birinchi marotaba ommaga namoyish qilgan 1939-yilgi Zagreb yarmarkasida uzatilgan. Dastlabki muntazam eshittirishlar 1956-yilda, Yugoslaviya radio televideniye tizimidagi birinchi telestansiya Zagreb televideniyesi tashkil etilgach, boshlangan. Rangli eshittirishlarni 1972-yildan efirga uzatish boshlangan. Qamrov va kanallar soni barqaror ravishda oʻsib borib, 2000-yillarda Xorvatiyada toʻrtta kanal faoliyat yuritgan. DVB-T signallarini uzatish 2002-yilda boshlanib, 2010-yilda raqamli almashinuv toʻliq yakunlangan. Oʻsha davrda IPTV, kabel televideniye va sunʼiy yoʻldosh televideniyesi bozorlari sezilarli darajada oʻsgan. 2011-yilga kelib aholining atigi 60.7 foizi faqat DVB-T televizoridan foydalangan boʻlib, qolganlari IPTV, kabel va sunʼiy yoʻldosh televideniyesidan foydalangan.

2012-yil yanvar holatiga koʻra, DVB-T uchta multipleksda efirga uzatila boshlangan. DVB-T eshittirishlari Xorvatiya hududining toʻqqizta asosiy hududida va yirik shaharlariga mos keladigan kichikroq mahalliy hududlarda oʻz faoliyatini boshlagan. HDTV DVB-T test dasturi 2007-yildan 2011-yilgacha efirga uzatilgan boʻlsa-da, yuqori aniqlikdagi televideniye (HDTV) faqat IPTV orqali efirga uzatilgan. 2011-yilda DVB-T2 test translyatsiyasi oʻtkazilgan.

2019-yil noyabr holatiga koʻra, barcha milliy kanallar uchta DVB-T va bitta DVB-T2 (HEVC/H.265) MUXes orqali tarqatilgan. 2020-yil iyundan DVB-T MUXesning faoliyati toʻxtailgandan soʻng, barcha kanallar ikkita DVB-T2 (HEVC/H.265) MUXes orqali efirga uzatila boshlangan.

Xorvatiyadagi barcha ommaviy axborot vositalari global muammolar va mamlakatda sodir boʻlayotgan mavzularning yoritib berilmayotgani uchun tanqid qilingan. Xorvatiyadagi barcha yirik telekanallar odatda kommersializmning haddan tashqari taʼsiri ostida deb hisoblanilgan. Davlatga tegishli Xorvatiya radiotelevideniyesi Xorvatiyadagi diaspora, kam sonli aholiga moʻljallangan taʼlim dasturlari, hujjatli filmlar, dasturlarni ishlab chiqarish va efirga uzatish uchun moʻljallangan. Xorvatiya televideniyesi nodavlat notijorat tashkilotlariga oʻz muammolarini jamoatchilikka yetkazish va Xorvatiya hukumatining faoliyatini yoritishda katta ahamiyatga ega. Televideniye Xorvatiya aholisining 57 % i uchun asosiy axborot manbai hisoblanadi.


© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search